🗊 Презентация MUSTAQIL ISH

Категория: Машиностроение
Нажмите для полного просмотра!
MUSTAQIL ISH, слайд №1 MUSTAQIL ISH, слайд №2 MUSTAQIL ISH, слайд №3 MUSTAQIL ISH, слайд №4 MUSTAQIL ISH, слайд №5 MUSTAQIL ISH, слайд №6 MUSTAQIL ISH, слайд №7 MUSTAQIL ISH, слайд №8 MUSTAQIL ISH, слайд №9 MUSTAQIL ISH, слайд №10 MUSTAQIL ISH, слайд №11 MUSTAQIL ISH, слайд №12

Вы можете ознакомиться и скачать презентацию на тему MUSTAQIL ISH. Доклад-сообщение содержит 12 слайдов. Презентации для любого класса можно скачать бесплатно. Если материал и наш сайт презентаций Mypresentation Вам понравились – поделитесь им с друзьями с помощью социальных кнопок и добавьте в закладки в своем браузере.

Слайды и текст этой презентации


Слайд 1


TOSHKENT TO’QIMACHILIK VA ENGIL SANOAT INSTITUTI “Charm – mo’yna kimyoviy texnologiyasi va jarayonlari” fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Charm va moʼyna...
Описание слайда:
TOSHKENT TO’QIMACHILIK VA ENGIL SANOAT INSTITUTI “Charm – mo’yna kimyoviy texnologiyasi va jarayonlari” fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Charm va moʼyna xom ashyosi nuqsonlari va ularni bartaraf etish Guruh: m30-21 Qabul qildi:________________________T.J.Qodirov Bajardi:____________________________A.A.Tureniyazov Tashkent - 2022

Слайд 2


Nuqsonlarni sinflash. Teri kasalliklari keltirib chiqaradigan nuqsonlar. Terining ifloslanish oqibatida hosil boʼladigan nuqsonlar. Nuqsonlarni...
Описание слайда:
Nuqsonlarni sinflash. Teri kasalliklari keltirib chiqaradigan nuqsonlar. Terining ifloslanish oqibatida hosil boʼladigan nuqsonlar. Nuqsonlarni bartaraf etish

Слайд 3


Nuqsonlar deb, terilarning soch qoplami va teri toʼqimasida hosil boʼladigan, shuningdek charm va moʼyna sanoati uchun ularning qimmatini...
Описание слайда:
Nuqsonlar deb, terilarning soch qoplami va teri toʼqimasida hosil boʼladigan, shuningdek charm va moʼyna sanoati uchun ularning qimmatini tushiradigan har xil shikastlanishlarga aytiladi. Nuqsonlarni farqlash, hosil boʼlish sabablarini bilish va ularga qarshi kurash choralarini belgilash soha mutaxassislarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Nuqsonlar teri sifatini pasaytiradi, navlarga ajratishga koʼp vaqt sarflanishi tufayli, xom ashyoni qabul qilish va topshirishni murakkablashtiradi va nihoyat terini ishlab chiqarish maqsadini oʼzgartirib, ularga ishlov berishni qiyinlashatiradi.

Слайд 4


Hayvonlarni yomon oziqlantirish va saqlash, ularni boqish davrida zarur boʼlgan sanitar-veterinariya tadbirlarini oʼtkazmaslik, terini shilish,...
Описание слайда:
Hayvonlarni yomon oziqlantirish va saqlash, ularni boqish davrida zarur boʼlgan sanitar-veterinariya tadbirlarini oʼtkazmaslik, terini shilish, birlamchi ishlov berish, konservalash va tashishdagi shikastlanishlar nuqsonlarning hosil boʼlishiga olib keladi. Аyrim nuqsonlar faqat maʼlum turdagi xom ashyoga xos boʼlsa, boshqalari hamma turlar uchun umumiy hisoblanadi. Nuqsonlarning kelib chiqishiga koʼra, ular hayot davridagi va oʼlgandan keyingi nuqsonlarga ajratiladi. Hayot davridagi nuqsonlarning hosil boʼlish sabablari quyidagilar hisoblanadi: Hayvonlardagi teri kasalliklari, mexanik shikastlanishlar, terining ifloslanishi, yetarlicha yoki notoʼgʼri oziqlantirish yoxud yem tarkibini keskin oʼzgartirish.

Слайд 5


Oʼlgandan keyingi nuqsonlarning paydo boʼlish sabablari quyidagilar hisoblanadi: hayvonni soʼyish va terisini shilish qoidalariga rioya qilmaslik,...
Описание слайда:
Oʼlgandan keyingi nuqsonlarning paydo boʼlish sabablari quyidagilar hisoblanadi: hayvonni soʼyish va terisini shilish qoidalariga rioya qilmaslik, xom ashyoga notoʼgʼri birlamchi ishlov berish, saqlash va tashish. Bundan tashqari teriga taʼsir etish darajasiga qarab, nuqsonlar hisoblanadigan va hisoblanmaydiganlarga boʼlinadi. Hisoblanadigan nuqsonlarga terilarning tovar qimmatini pasaytiruvchi nuqsonlar kiritiladi. Shuning uchun ham ular sifatni baholashda eʼtiborga olinadi. Hisoblanmaydigan nuqsonlarga teri sifatini deyarli oʼzgartirmaydigan nuqsonlar kiritiladi va ular ruxsat etilgan hisoblanadi. Teri sifatini baholashda ular eʼtiborga olinmaydi. Masalan, shimol tulkisi va oddiy tulki terilaridagi 10 sm gacha boʼlgan kesik va choklar eʼtiborga olinmaydi, yaʼni ular ruxsat etilgan hisoblanadi. Аgar ushbu nuqsonlarning uzunligi 10sm dan oshsa hisoblanadigan nuqsonlarga kiritiladi. Baʼzi bir nuqsonlar terisi sifatiga taʼsir etish darajasiga qarab, bir tur uchun hisobga olinsa, ikkinchisi uchun eʼtiborga olinmaydi. Masalan, suvsar, shimol tulkisi, oddiy tulki, norka (qora kuzan) terilari uchun tovar qimmatiga ega boʼlgan oyoqchalar va dum kabi teri qismlarining yoʼqligi hisoblanadigan nuqsonlarga, quyon, yumronqoziq terichalari uchun hisoblanmaydigan nuqsonlarga kiritiladi. Pitra tegib teshilishidan hosil boʼlgan nuqson mayda hayvonlar (gornostay, olmaxon, kolonka va boshqalar) uchun hisoblanadigan, yirik hayvonlar (tulki, suvsar, boʼri va boshq.) terichalari uchun hisoblanmaydigan nuqsonlarga kiritiladi.

Слайд 6


Ushbu nuqsonlarga oqma, teri chaqalari va qirchangʼi nuqsonlari kiritiladi. Oqma katta shoxli mollar, otlar, bugʼular va echki terilarining yopqich...
Описание слайда:
Ushbu nuqsonlarga oqma, teri chaqalari va qirchangʼi nuqsonlari kiritiladi. Oqma katta shoxli mollar, otlar, bugʼular va echki terilarining yopqich qismida uchraydi. Oqma - teri osti soʼna gʼumbaklari (lichinkalari) yorib chiqqan joyda hosil boʼlgan teshik koʼrinishidagi jarohat. Ular bitgan yoki bitmagan boʼlishi mumkin. Ishlov berilgan terida bitmagan oqmalar doira shaklidagi ochiq teshiklar, bitganlari – aylana chandiqlangan teshik hosil qiladi. Bu joylarda derma oʼzgargan tuzilish va kichik mustahkamlikka ega boʼladi. Bitmagan oqmalar terida bahorda uchraydi. Bu paytda gʼumbaklar terini burgʼilab tashqariga chiqadi. Teri osti soʼnalarining gʼumbaklari bilan zararlangan hayvonlar tezda sutdorligini yoʼqotadi va oriqlaydi. Xonaki echkilar tanasida gʼumbak bosqichidagi echki soʼnalari uchraydi. Juda kam hollarda teri – soʼnasi kasalligi ot va qoʼylarda uchraydi. Bugʼu terilarini yirik oʼlchamdagi soʼnalar shikastlantirib, katta diametrli teshiklar hosil qiladi. Katta shoxli mollarda teri osti soʼnasining ikki turi: oddiy va janubiy turlari uchraydi. Oʼrta Osiyoda koʼproq janubiy turi keng tarqalgan. Soʼna hayotining 12-oylik muddatidan 10 oyi lichinka hosil qilish bosqichiga, bir oyi – gʼumbak bosqichiga va yana bir oyi gʼumbaklarning rivojlanishi va voyaga yetgan hasharotlarning yashash bosqichiga toʼgʼri keladi. Erkak va urgʼochi hasharotlar bir necha kun yashaydi. Erkagi urgʼochisini urugʼlantirgandan soʼng darhol oʼladi, urgʼochisi esa - hayvonning soch qoplamida tuxum qoʼygandan soʼng oʼladi. 4-5 kundan keyin tuxumlardan 0.7-0.8mm oʼlchamdagi lichinkalar tugʼiladi, aynan shular teri ostiga suqilib kirib, 6-9 oy davomida biriktiruvchi toʼqimalarda koʼchib yuradi

Слайд 7


Oddiy soʼna lichinkalari asta-sekin umurtqa kanalida, janubiy soʼna gʼumbaklari qiziloʼngach devorlarida toʼplana boradi. Rivojlanishning oxirida...
Описание слайда:
Oddiy soʼna lichinkalari asta-sekin umurtqa kanalida, janubiy soʼna gʼumbaklari qiziloʼngach devorlarida toʼplana boradi. Rivojlanishning oxirida ular teri qoplami orqali hayvonning orqasiga chiqib oqmani hosil qiladi. Bunda gʼumbaklarning ichagidan atrofdagi toʼqimani yalligʼlanishi va buzilishiga olib keladigan modda ajralib chiqadi. Bu davrda gʼumbaklar tullaydi va har biri asta-sekin biriktiruvchi toʼqimadan kapsula boʼlib oʼsadi. Kapsula ichida gʼumbaklar yana bir marta tullab, rivojlanishining oxirigacha yashaydi. Uzunligi 25 mm va massasi 1g atrofidagi yetilgan lichinkalar oqma orqali tashqariga chiqadi, tuproqning yuza qavatlarida gʼumbak shakliga kirib, soʼnaga aylanadi. Ular oʼz navbatida lichinkalarni hosil boʼlish bosqichida yigʼilgan zahira hisobida yashaydi.

Слайд 8


Ushbu guruh nuqsonlariga naval, nakostish, morjevina, terining ifloslanganligi kiraddi. Naval – hayvon terisi jun qoplamining najosatlar va...
Описание слайда:
Ushbu guruh nuqsonlariga naval, nakostish, morjevina, terining ifloslanganligi kiraddi. Naval – hayvon terisi jun qoplamining najosatlar va loy-iflosliklar tegib bulgʼanishidan hosil boʼladigan nuqson (8- rasm). Naval qoʼylarni yomon sharoitlarda saqlash oqibatida hosil boʼladi. Ifloslangan qoʼy terisi sekin konservalanadi. Unda yuz buzilishini keltirib chiqaradigan prelina hosil boʼladi. Moʼynabop qoʼy terisining 25% dan koʼproq maydoni ifloslanganda naval nuqson hisoblanadi. Naval bilan ifloslangan moʼynabop qoʼy terisidan ishlab chiqarilgan moʼyna yarimmahsulotining sifati past boʼladi, chunki zararlangan joylarda mogʼor, jun toʼkilishi, yuza qavatining yorilishi roʼy beradi.

Слайд 9


Nakostish - tikanli oʼtlar – kovil (chalov) ning qoʼy terilariga kirib hosil qilgan mayda teshiklar va ular urugʼlarining teri osti kletchakalarga...
Описание слайда:
Nakostish - tikanli oʼtlar – kovil (chalov) ning qoʼy terilariga kirib hosil qilgan mayda teshiklar va ular urugʼlarining teri osti kletchakalarga hamda dermaga qadalib orasida qolib ketishi. Zararlangan joylarda yiring boylagan joy hosil boʼladi. Nakostish yangi shilingan va hoʼl tuzlab konservalangan terilarda yaxshi seziladi. Koʼproq dashtli hududlardan qabul qilingan xom ashyoda uchraydi. Nakostishli qoʼy va echki terilarini mezdralash qiyinlashadi: pichoqlar oʼtmaslashadi, terilar teshiklar boʼylab yirtiladi. Terining ifloslanganligi - qoʼy va echki terilari jun qoplamining baʼzi bir yovvoyi oʼtlar, xususan qariqiz oʼtining urugʼlari va gullari bilan ifloslanishi (9- rasm). Qoʼy va echki junida qariqiz va boshqa ifloslovchi oʼsimliklarning borligi, terilarni mezdralash mashinasida ishlov berganda yoriqlar, uzilishlar hosil boʼlishiga sabab boʼladi. Shuning uchun bunday xom ashyo dastlab qariqizni bartaraf etish maqsadida ishlov beriladi.

Слайд 10


Morjevina – choʼchqalarning qalin tortgan (qatlangan) epidermisi ostidagi teri gʼuddali qavatining notekis yuzasi (yagʼir) (37- rasm). Tayyor...
Описание слайда:
Morjevina – choʼchqalarning qalin tortgan (qatlangan) epidermisi ostidagi teri gʼuddali qavatining notekis yuzasi (yagʼir) (37- rasm). Tayyor terining yuz tomonida yozilib, silliqlanmagan burmalar holida koʼzga tashlanib turadi. Ushbu nuqson uzoq vaqt yomon va iflos xonalarda saqlangan choʼchqa terilarida hosil boʼladi. Bunday terilardan ishlab chiqarilgan teri – qoʼpol, yuza sirti notekis boʼladi. Bu nuqson terining shikastlangan maydonining oʼlchash boʼyicha hisoblanadi. Hayvonlarni yetarlicha oziqlantirmaslik va yomon sharoitda saqlash oqibatida hosil boʼladigan nuqsonlar. Terining oriqligi - Teri toʼqimasining odatdagidan bir qadar yupqaligi va boʼshligi bilan farqlanib turadigan oriq hayvon terisi. Bunday terilarning ichki tomoni quruq, yogʼsiz, jun qoplami xira boʼladi. Maklak - qari, quvvatdan ketgan hayvonlarning son suyagi bilan chanoq (tos) suyagi tutashgan yerida terining xaltacha shaklida shishib chiqqan nuqsoni. Tayyor terilarda zararlangan joy - yon atrofiga nisbatan yupqa va boʼrtgan boʼladi. Jun tolalarining ingichkalanishi – hayvonlarni yetarlicha oziqlantir-maslik yoki kasallik oqibatida terining maʼlum joylarida jun tolalarining ingichkalanishi.

Слайд 11


Mo'ynali kiyimlarni xom ashyoni qayta ishlash jarayonida yoki hayvonni so'yish paytida hosil bo'lgan kichik nuqsonlar (0,5-1 sm2) terining uzunligi...
Описание слайда:
Mo'ynali kiyimlarni xom ashyoni qayta ishlash jarayonida yoki hayvonni so'yish paytida hosil bo'lgan kichik nuqsonlar (0,5-1 sm2) terining uzunligi bo'ylab qayiq shaklidagi teshiklarni kesish orqali yo'q qilinadi (3-rasm). Keyin, bu joyda, mo'yna namlanadi, kenglikka tortiladi va tuynuk mo'ynali mashinada tikiladi. Qusur mo'ynani tortib olish orqali yo'q qilinadi. Shunday qilib, terining qoziq va rangi saqlanib qoladi.

Слайд 12


Пехташева Е.Л. Биоповреждения и защита непродовольственных товаров: учебник для студ. вузов. – М.: Мастерство, 2002. Товароведение, экспертиза и...
Описание слайда:
Пехташева Е.Л. Биоповреждения и защита непродовольственных товаров: учебник для студ. вузов. – М.: Мастерство, 2002. Товароведение, экспертиза и стандартизация: учебник [для студ. вузов] / А.А. Ляшко, А.П. Ходыкин, Н.И. Волошко, А.П. Снитко. – М.: Дашков и К*, 2009. – 668 с. Беседин, Алексей Николаевич. Товароведение и экспертиза меховых товаров: учебник для студ. вузов, обучающихся по спец. "Товароведение и экспертиза товаров (по областям применения)" / А.Н. Беседин, С.А. Каспарьянц, В.Б. Игнатенко. – М.: Академия, 2007. – 208 c.: ил, [24 с. цв. ил.] Иванова, Валентина Яковлевна. Товароведение и экспертиза кожевенной продукции: учебник для студ. вузов, обуч. по спец. 351100 "Товароведение и экспертиза товаров (по обл. применения)" / В.Я. Иванова, О.А. Голубенко. – 2-е изд. – М.: Дашков и К*, 2006. – 355 с. Товароведение и экспертиза меховых товаров: учебное пособие / авт.-сост.: С.Н. Авеличева, Г.Ф. Гарбузова, В.И. Переверзева; Тихоокеанский гос. экон. ун-т. – Владивосток: Изд-во ТГЭУ, 2006. – 300 с.:



Теги MUSTAQIL
Похожие презентации
Mypresentation.ru
Загрузить презентацию